» » KOICA delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

KOICA delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.

Delegatsiyaga Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Song Il Son boshchilik qildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori Sarvar Boboxo‘jayev va universitetning birinchi prorektori Cho Vu Sug KOICA delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida IUT va KOICA vakillari ta’lim tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, tomonlar IUT’dagi ayrim fanlarni o‘qitish uchun Janubiy Koreyadan ko‘ngillilarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, IUT ma’muriyati KOICA ko‘magida Janubiy Koreyaning ko‘ngillilarni jalb qildi va hozirda u universitet talabalariga koreys tilini o‘rgatmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqishga kelishib oldi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют