» » O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bosh ko‘tarmoqda

O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bosh ko‘tarmoqda


Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning o‘tgan davrida respublikada tabiiy o‘choqlarning faollashuvi natijasida O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi 16 holatda qayd etilgan, deb yozadi O‘zA.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida — 7 ta, Qashqadaryoda — 5 ta, Jizzaxda — 3 ta, Qoraqalpog‘istonda — 1 ta Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Xo‘sh, bu kasallik haqida bizga nimalar ma’lum?

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. U mahalliy aholi tilida “qora o‘lim” deb ham yuritiladi.

Kasallik odamlarga asosan mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi. Iksod kanalarining hazm yo‘llarida ko‘plab miqdorda kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslar bo‘ladi va kana odamni chaqqanda qoniga tushadi.

Ushbu kasallik bilan hayvonlar kasallanmaydi va klinik belgilar namoyon qilmaydi. Hayvonlar kasallik qo‘zg‘atuvchisi va tashuvchisi (kanalar) uchun rezervuar bo‘lib hisoblanadi.

Virus ajratgan moddalar natijasida odam qoni ivishi izdan chiqadi. Oqibatda burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati noxush tugashi mumkin.

Kanani qo‘lda terish, o‘ldirish mumkin emas. Iksod kanalarini butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q. Ular nihoyatda yashovchan bo‘lib molxona devori tirqishida o‘n yilgacha och uxlashi isbotlangan.

Kasallikka qarshi kurashish uchun nima qilish lozim?

Qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Kanalarni yo‘q qilish uchun uy hayvonlari terisi yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar bilan maxsus ishlovdan o‘tkazilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют