» » Barselona va Madridda O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdim etildi

Barselona va Madridda O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdim etildi


Ispaniyaning Barselona va Madrid shaharlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Toshkent — Barselona — Toshkent yo‘nalishida doimiy qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbekistonning turizm salohiyati ham namoyish etildi, deb xabar beradi milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Ispaniya Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasi, Kataloniyaning turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasi, shuningdek Toshkentdagi Ispaniya viza markazi tomonidan tashkil etildi. Unda Kataloniya hukumati va ishbilarmonlar doirasi vakillari, yetakchi mahalliy sayyohlik kompaniyalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot jarayonida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, mashhur diqqatga sazovor maskanlar va milliy aviatashuvchining imkoniyatlari haqida videoroliklar namoyish etildi.

Milliy aviakompaniya mutaxassislari Ispaniya hukumati vakillari va mamlakatdagi yetakchi sayyohlik kompaniyalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ispaniyaning ikkita shaharida o‘tkazilgan uchrashuvlar ishtirokchilari O‘zbekistonning turizm salohiyatiga katta qiziqish bildirdi va mamlakatda turizm sohasida o‘tkazilayotgan islohotlarni yuqori baholadi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 24-mayidan boshlab Toshkent — Barselona — Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshira boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют