» » Buxoroda 20 yoshli yigit avval sevgan qiziga, so‘ngra o‘ziga pichoq urdi

Buxoroda 20 yoshli yigit avval sevgan qiziga, so‘ngra o‘ziga pichoq urdi


Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan N.Ch hamda 1998-yilda tug‘ilgan B.Slar o‘tkir tig‘li jismdan olgan tan jarohati tufayli tuman kasalxonasiga yotqizildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

“Ushbu holat yuzasidan Buxoro tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida, 2018-yil 19-fevral kuni soat 13:30 larda, Buxoro tumani Galaosiyo shahridagi istirohat bog‘ida B.S o‘zining hamqishlog‘i N.Chni oldindan sevganligi, ular o‘rtasidagi bu munosabatga qizning oila a’zolari qarshilik ko‘rsatayotganliklari, shu sababli yigit qizga qochib ketish taklifini bildirganligi, N.Ch esa yigitning bu taklifiga rad javobini bergandan so‘ng uni o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan pichoq bilan N.Chning turli sohalariga bir necha marotaba urib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan va o‘zini o‘ldirish maqsadida pichoqni tomog‘iga suqib, o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan B.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25 - (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют