» » Maldiv orollaridagi favqulodda holat 30 kunga uzaytirildi

Maldiv orollaridagi favqulodda holat 30 kunga uzaytirildi


Maldiv orollari parlamenti mamlakatdagi favqulodda holatni tobora kuchayib borayotgan siyosiy inqiroz munosabati bilan yana 30 kunga uzaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Mamlakatda favqulodda holat 15 kun davom etdi, u kecha yakunlanishi kerak edi. Biroq ushbu holat prezident Abdulla Yaminning talabiga binoan uzaytirildi.

Mazkur qaror oppozitsiya siyosatchilari tomonidan keskin tanqid qilindi.

“Yamin favqulodda holatni noqonuniy ravishda belgiladi va muddatini uzaytirdi. U butun mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi va Maldiv orollari aholisi ustidan diktator singari nazorat o‘rnatdi”, — deydi oppozitsiyachilar yetakchisi Ibrohim Muhammad Solih.

Maldiv orollaridagi siyosiy beqarorlik yanvar oyining oxirida mamlakat Oliy sudi tomonidan 9 nafar mahbusning ozod etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng boshlangan edi. Sud mahbuslarga nisbatan siyosiy vajlar bilan ayblov e’lon qilingan, deb topdi.

Shuningdek, sud tomonidan Maldiv parlamentining 12 nafar oppozitsion a’zolari huquqlarini qayta tiklash haqida qaror qabul qildi hamda terrorizmga aloqadorlikda ayblanayotgan sobiq prezident Muhammad Nashid ishi bo‘yicha jarayonni ham konstitutsiyaga zid, deb topdi.

Oliy sud qaroriga javoban hukumat verdikt ijrosini ta’minlashga va’da bergan politsiya boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi. Bundan tashqari, hukumat parlamentning ikki nafar oppozitsiyachi a’zosini hibsga olishga buyruq berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют