» » O‘shda 40 yoshli ayol besh nafar bolasi bilan qabristonda yashamoqda (video)

O‘shda 40 yoshli ayol besh nafar bolasi bilan qabristonda yashamoqda (video)


Qirg‘izistonning O‘sh shahri Ichki ishlar boshqarmasi “Qizil” qishlog‘ida joylashgan “Qilich-Burxon” qabristonida 1978-yilda tug‘ilgan ayol besh nafar bola bilan yashamoqda, deb xabar berdi “Turmush.kg”.

Bolalarning ikki nafari o‘ziniki, qolgan uchtasi olamdan o‘tib ketgan opasining farzandlaridir. Bolalar O‘sh shahridagi maktabda tahsil oladi.

Guljaxon ismli ushbu ayolning aytishicha, uning otasi qabristonda go‘rkov bo‘lib ishlagan. Qabriston yonidan oilasi uchun uy qurgan. Guljaxonning ma’lum qilishicha, farzandlarining hujjati yo‘q.

“Yer uchastkasi hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam berishsa yaxshi bo‘lardi. Bolalarning ham hujjatlari yo‘q. 1-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lim maktabga hech qanday hujjatsiz qabul qilingan. Pasport stoliga borganimda va’da berib qaytarib yuborishdi, biroq hech nima hal bo‘lmadi. Har kuni u yerga qatnashimga sharoitim yo‘q. Otamdan qolgan eski uyda besh nafar bola bilan yashayman, ularning uch nafari marhum opamning farzandlari. U bundan 4 yil oldin olamdan o‘tgan, turmush o‘rtog‘i esa boshqaga uylanib ketdi”, — deydi ayol.

Guljaxon o‘zining familiyasini aytishni istamadi. Guljaxonning so‘zlariga ko‘ra, u bolalar bilan qabristonda yashashdan qo‘rqmaydi. Shu bilan birga O‘sh shahri IIBning aniqlashicha, mazkur uy qabriston ichida emas, uning chegarasida joylashgan. Biroq uy ham, yer uchastkasi ham rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют