» » Erkaboy Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Erkaboy Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 21-fevraldagi farmoniga asosan Erkaboy Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev o‘tgan yil noyabr oyidan beri Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan, ungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida prokuror bo‘lgandi.

Shuningdek, davlat rahbarining 21-fevraldagi yana bir farmoniga asosan adliya maslahatchisi Saidlaziz Saidkarimov Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. U Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют