» » Toshkentda xalqaro gidlar forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro gidlar forumi boshlandi


Toshkent shahridagi Tasviriy san’at galereyasida Umumjahon gidlar va ekskursiya yetakchilari kuni doirasida “Buyuk ipak yo‘li: chegarasiz hamkorlik” II xalqaro gidlar forumi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va Milliy bank hamkorligida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Serbiya davlatlaridan turizm va madaniyat sohasidagi tashkilotlar, Butunjahon gidlar uyushmalari federatsiyasi, gidlar milliy uyushmalari vakillari, xalqaro ekspertlar, gidlar va muzey ekskursiyasi yetakchilari ishtirok etmoqda.

Forum sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro mutaxassislar, gidlar va muzey ekskursiyasi yetakchilarining o‘zaro fikr va tajriba almashish, ekskursiya faoliyati va gidlar milliy uyushmalarining ish yuritish bo‘yicha dolzarb va muhim vazifalarni muhokama qilish, dunyo hamjamiyatida gid kasbining mavqeini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun keng imkoniyatlar maydoniga aylandi.

— Joriy yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, deb e’lon qilindi, — deydi Qozog‘iston gid-tarjimonlar maktabi rahbariSaltanat Abjanova. — Bu turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekistonlik hamkasblar bilan birga ko‘plab tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz. 2015-yili I xalqaro forumda qatnashib, Xivada malaka oshirdim, o‘zbekistonlik hamkasblarim bilan bilim va tajriba almashdim, bu yerda o‘rganganlarimni yurtimda targ‘ib qildim. Bu galgi forum ham gidlarning professional ko‘nikmasini yuksaltirishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Forum doirasida “Buyuk ipak yo‘li: chegarasiz hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Gidlarning kundalik faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi. “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi” DUK va Qozon federal universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Toshkent va Buxoro shaharlarining gidlari va muzey ekskursiyasi yetakchilari uchun xalqaro ekspertlar tomonidan mahorat darslari o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют