» » O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa taklif etiladi

O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa taklif etiladi


O‘zbekistonning UzMobile milliy operatori chet ellik sayyohlar uchun maxsus tariflarni ishlab chiqdi, deb yozadi UzDaily.

Tarif 30 kun foydalanish uchun mo‘ljallangan, unga muloqot uchun daqiqalar va internet trafigi kiritilgan.

Simkartaga qo‘shimcha ravishda kichik brelok beriladi, uni kalitga biriktirib qo‘yish va istalgan lahzada o‘z mobil aloqa raqamini bilib olish mumkin.

Sayyohlik simkartalarini sotish bo‘yicha servis aeroportlarda, avtovokzallarda va ommabop sayyohlik joylarida ishlaydi. Ro‘yxatga olish pasport bilan amalga oshiriladi.

Mobil operator, shuningdek, ikki turdagi telefonlarni yoki mobil routerni ijaraga berish xizmatini ham taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют