» » Afrindagi kurd otryadlari 40 nafar turk askari va jangarilarni yo‘q qildi

Afrindagi kurd otryadlari 40 nafar turk askari va jangarilarni yo‘q qildi


Kurd jangchilari Afrin shahridan shimolda Turkiya qo‘shinlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi “Suriya ozodlik armiyasi” otryadlarining hujumlarini qaytardi, deb yozadi “TASS”.

“Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari” ko‘ngilli askarlari Sherran tumanida ikkita tank va ikkita zirhli mashinani otib shikastlashga muvaffaq bo‘lgan. Olib borilgan operatsiya natijasida kamida 20 nafar turk askari va “Suriya ozodlik armiyasi” jangarilari o‘ldirilgan. Yana 20 nafar turkiyalik harbiy xizmatchi qo‘shni Raju okrugida kurdlarning qarshi hujumlari chog‘ida o‘ldirilgan.

“Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari” otryadlari esa so‘nggi 48 soat ichida 14 jangchisidan ajralgan.

Turkiya artilleriyasi va harbiy-havo kuchlari “Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari” mudofaa chegaralari joylashgan Jandaris shahriga shiddatli zarbalar berishda davom etmoqda. U yerdan tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlar va yaralanganlar haqida ma’lumot kelib tushmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют