» » Abdulaziz Komilov 23-fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi

Abdulaziz Komilov 23-fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi


2018-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif 2017-yil 4—5-aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar doirasida tashkil etilmoqda.

Tomonlar xalqaro vaziyat hamda Rossiya—O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar. Xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют