» » O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro reytingda 157-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro reytingda 157-o‘rinni egalladi


Transparency International xalqaro tashkiloti 2017-yil yakunlariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurash darajasi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston 22 ball to‘plab, 180 ta pog‘onaning 157-sida joylashdi va ushbu o‘rinni Burundi, Gaiti va Zimbabve bilan birga bo‘lishib oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurash indeksi ekspertlar va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida tuziladi va 0 dan 100 gacha bo‘lgan ball shkalasida baholanadi, bu yerda 0 korrupsiyaning eng yuqori darajasini, 100 eng past darajasini anglatadi.

Reytingda eng ko‘p ballarni Yangi Zelandiya (89 ball), Daniya (88), shuningdek, Finlyandiya, Norvegiya va Shveysariya (85 balldan) to‘pladi. Indeksdagi eng pastki o‘rinlar esa Somali (9 ball), Janubiy Sudan (12 ball) va Suriya (14 ball)ga nasib etdi.

Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston 122-o‘rin (31 ball), Qirg‘iziston va Rossiya — 135-o‘rin (29 balldan), Tojikiston — 161-o‘rin (21 ball), Turkmaniston — 167-o‘rin (19 ball)da joylashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 10:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют