» » Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 20 dan ortiq bitimlar imzolanadi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 20 dan ortiq bitimlar imzolanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyining birinchi o‘n kunligiga rejalashtirilgan Tojikistonga ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 20 dan ortiq yangi davlatlararo va hukumatlararo bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Aziya-Plyus” Tojikiston hukumatiga tayanib xabar berdi.

Ularning eng muhimlaridan biri ikki mamlakat fuqarolarining Tojikiston va O‘zbekiston hududlariga bir oygacha muddatda vizasiz sayohat qilish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi bitimdir. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat davlat chegaralarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish haqidagi bitimni imzolaydi. O‘zbekistonga 100 million dollarlik imtiyozli kredit taqdim etish haqidagi hujjat ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi doirasida tashkil etiladigan biznes-forumda esa Tojikiston va O‘zbekiston biznesining yetakchi vakillari o‘rtasida yirik shartnomalar tuzilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют