» » Ohangarondagi oshxonada bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida, andijonlik fuqaro og‘ir tan jarohati oldi

Ohangarondagi oshxonada bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida, andijonlik fuqaro og‘ir tan jarohati oldi


Joriy yilning 20-fevral sanasida Ohangaron shahri hududida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanlaridan birining avtoturargohida sodir bo‘lgan janjal ayanchli yakun topdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

20-fevral, seshanba kuni soat 23:00 da 1993-yilda tug‘ilgan namanganlik fuqaro oshxonadan chiqib, mazkur oshxona avtoturargohida 1973-yilda tug‘ilgan andijonlik A.N. ismli fuqaro bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal oqibatida namanganlik fuqaro yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan A.N.ning qorin qismiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Jinoyatchi Ohangaron IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют