» » O‘zbekistonda adliya va FHDYo organlari binolari ta’mirlanadi

O‘zbekistonda adliya va FHDYo organlari binolari ta’mirlanadi


Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Hujjatga muvofiq 2018—2019-yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va ta’mirlash dasturi tasdiqlandi, u ikkita yo‘nalishni qamrab oladi:

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:

buyurtmachilar etib — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari;

bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblar;

moliyalashtirish manbalari etib — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablag‘lar, homiylik va xalqaro donorlarning texnik yordam mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, zarurat bo‘lganda, ushbu Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish bo‘yicha vazifalardan kelib chiqqan holda, ob’ektlarni o‘zgartirish huquqiga ega.

Shuningdek, qarorga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti 2017/2018-o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlar shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning bir qismidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar o‘tkazishdan ozod qilinadi.

2018-yil 1-martdan boshlab adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют