» » Video: Toshkentda ruxsat etilmagan joyda qoldirilgan mashinalar jarima maydoniga evakuatsiya qilinmoqda

Video: Toshkentda ruxsat etilmagan joyda qoldirilgan mashinalar jarima maydoniga evakuatsiya qilinmoqda


Toshkent shahrida to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan choralar qat’iylashmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning telekanalining “Axborot 24” informatsion datsurida ma’lum qilindi.

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan joyida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirib kelinmoqda. “Agarda haydovchi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalariga rioya kilinmaganligi oqibatida mazkur transport vositasi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga asosan, transport vositasi maxsus to‘xtash joylari (jarima maydoni)ga evakuatsiya qilinmoqda”, — deyiladi boshqarma axborotida.

Qayd etishlaricha, O‘zbekiston Prezidentining 14-fevraldagi qarorida ikki oy ichida Toshkent shahrida transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritish belgilangan edi. “Mazkur Qaror talablari ijrosi yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

Boshqarmadan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda Toshkent ko‘chalari va yo‘llarida o‘rnatilgan 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) va 3.28 (“To‘xtab turish taqiqlangan”) yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Xatlov davomida hozirgi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan yo‘l belgilarini olib tashlash, shuningdek, 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgilarini 3.28 (“To‘xtab turish taqiqilangan”) yo‘l belgilariga almashtirish choralari ham ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, haydovchilar tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari (22-fevral holatiga ko‘ra — 516 720 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida shunday qoidabuzarlik bir marta takror sodir etilsa, jarima miqdori 861 200 so‘mni, ikki marta sodir etilsa 1 722 400 so‘mni, uch va undan ortiq marta sodir etilsa 2 583 600 so‘mni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют