» » Saakashviliga 2021-yilgacha Ukrainaga kirish man etildi

Saakashviliga 2021-yilgacha Ukrainaga kirish man etildi


Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga 2021-yil 13-fevralgacha Ukrainaga kirish man etildi. Bu haqda uning advokati Ruslan Chernoluskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ukraina davlat chegara xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Servatyuk Mostisk chegara otryadi boshlig‘ining ushbu qarori mamlakat qonunchiligiga to‘liq mos kelishini bildirdi. Uning aytishicha, Saakashvili Ukraina hududida noqonuniy bo‘lib turgani uchun 12-fevral kuni “mavjud jarayonlarga muvofiq” badarg‘a qilingan.

Saakashvilining himoyasi mazkur qarorni noqonuniy deb hisoblamoqda va uni bekor qildirish uchun shikoyat yo‘llash niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют