» » Toshkent shahrida jinoiy guruh elektroshoker ishlatib, 23 mln so‘mni o‘g‘irladi

Toshkent shahrida jinoiy guruh elektroshoker ishlatib, 23 mln so‘mni o‘g‘irladi


Joriy yil 13-yanvar kuni 3 nafar noma’lum shaxs Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan Premium Communications MCHJga tegishli Lacetti avtomobiliga hujum uyushtirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ular mashina ichida bo‘lgan S.Shoyunusov va Ya.Yahyoyevni urib-tepib, tan jarohati yetkazadi, pichoq va pnevmatik to‘pponcha bilan qo‘rqitadi. S.Shoyunusovni elektroshoker bilan falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 million so‘m hamda Ya.Yahyoyevga tegishli 8 million so‘mni olib, voqea joyidan yashirinadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumani, R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984-yilda tug‘ilgan U.Samadov sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olindi.

Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют