» » Qoraqalpog‘istonlik fuqaroning tomorqasidan XII—XIII asrlarga tegishli ulkan ko‘za topildi

Qoraqalpog‘istonlik fuqaroning tomorqasidan XII—XIII asrlarga tegishli ulkan ko‘za topildi


Joriy yilning 27-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahri Oybek ko‘chasida istiqomat qiluvchi Toreniyaz Qutibayev o‘z tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi, deb xabar berdi O‘zA.

Yangilikdan xabar topgan mutaxassislar mazkur arxeologik topilmani ko‘zdan kechirib, ko‘za XII—XIII asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

“Bu arxeologik topilma birinchisi emas. Bo‘ston shahri hududidan ilgari ham bir necha bor arxeologik materiallar topilgan. Mahalliy xalq e’tirofiga ko‘ra, qadimda Ellikqal’a tumani hududida 50 ta qal’a bo‘lgan. Bugungi kunda tumanning 21 arxeologik yodgorligi davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning ba’zilari Bo‘ston shahri hududida joylashgan. Ya’ni, miloddan avvalgi IV—III asrlar va milodiy XII—XIII asrlarga oid bo‘lgan 1-Qavatqal’a yoki Katta Qavatqal’a va milodiy XII—XIII asrlarga tegishli 3-Qavatqal’a yodgorliklari saqlangan. 2-Qavatqal’aning esa hovlilari biroz buzilib ketgan”, — deydi O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyazov.

Arxelogik topilma tuman markazidagi Sergey Tolstov nomidagi muzeyga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют