» » 23-fevral kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin isishi kutilmoqda

23-fevral kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin isishi kutilmoqda


23-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1—3, kunduzi 13—15 daraja iliq bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0—5, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Boshqa viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 2 darajagacha sovuq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 3—8, kunduzi 15—20, ayrim joylarda 23 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют