» » Rossiyalik sportchilar Pxyonchxan Olimpiadasida ham doping bilan qo‘lga tushdi. Endi medallar qaytib beriladi

Rossiyalik sportchilar Pxyonchxan Olimpiadasida ham doping bilan qo‘lga tushdi. Endi medallar qaytib beriladi


Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida rossiyalik kyorlingchi Aleksandr Krushelniskiyning qonidan doping topildi.

Antidoping komissiyasi Krushelniskiyni ikki qayta testdan o‘tkazdi va har ikki safar ham sportchining doping tahlili ijobiy ko‘rinish berdi, ya’ni, uning qon tarkibida meldoniya moddasi bor edi.

Bu ma’lumotni Rossiya sport delegatsiyasi rasmiylari ham tasdiqladi. Ammo ular bu modda sportchining organizmiga qanday qilib tushib qolganini tushuntirib bera olmagan. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi va Rossiya olimpiya qo‘mitasi aybdorlarni jazolaydi.

Aleksandr Krushelniskiy kyorling bahslarida sherigi Anastasiya Brizgalova bilan bronza medallarini qo‘lga kiritgandi. Endi mana shu medallar Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga qaytariladi.

Aynan doping inqilobi sabab qishki Olimpiada o‘yinlarida Rossiya nomi bo‘lmasligiga erishilgandi. Ya’ni, rossiyalik beayb sportchilar Olimpiadada ishtirok etishni istasa, ular olimpiya bayrog‘i ostida musobaqalarga kirishi va g‘olib bo‘lgan taqdirida olimpiya madhiyasi bilan cheklanishi belgilab qo‘yilgandi.

Shuningdek, XOQ Rossiyani bungacha o‘tkazilgan tekshiruvlar uchun sarf etilgan mablag‘ning bir qismini to‘lashga majbur etdi va maqsadiga erishdi. Unga ko‘ra, Rossiya tomoni antidoping agentligi rivoji uchun 15 million yevro to‘lab berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют