» » “Kinoklub” avtomashinasi loyihalari tayyor bo‘ldi

“Kinoklub” avtomashinasi loyihalari tayyor bo‘ldi


“O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligida zamonaviy “Kinoklub” maxsus avtomashinalarining loyihalari tayyorlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur loyiha O‘zbekistonning eng chekka va olis aholi hududlarida milliy va jahon kino asarlarini namoyish etishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda “Kinoklub” mashinasining ikkita varianti sinov uchun taqdim etilmoqda.

Birinchisi — DAMAS VAN avtomashinasi va u quyidagi kino namoyishi qurilmalari hamda texnikalar bilan jihozlangan:

Kinoproyektor (1 dona);

Kinoekran (2,2 m ga 2,5 m);

Ovoz kuchaytirgich va kolonkalar (2 dona);

Noutbuk (1 dona);

Generator (elektr energiyasi ta’minoti);

Konvertor (1 dona).

Avtomashina 3 kishi — haydovchi, mexanik, kassirga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir viloyatga bittadan ana shunday avtomashinaning ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchisi — xorij tajribasi asosida taklif etilayotgan zamonaviy avtomashina. Mazkur avtomashina bir yilda 150 ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni ishga tushirish juda osondir. Bor-yo‘g‘i 30 daqiqada film namoyish etish uchun tayyor bo‘ladigan mashinaning pritsepi eniga olti metrgacha kengayadi va bir vaqtning o‘zida 70 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Hozirda mazkur loyihalar ustida ishlar davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют