» » Toshkent fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakorligi namunalari ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Toshkent fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakorligi namunalari ko‘rgazmasi ochildi (foto)


Toshkent fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakori G‘ulomjon Yo‘ldoshev va uning shogirdlari ijod namunalaridan iborat “Ustoz va shogird” nomli ko‘rgazma ochildi.

“G‘ulomjon Yo‘ldoshev ko‘p yillardan buyon yog‘och o‘ymakorligi san’ati an’analarini davom ettirib kelmoqda. Ustaning Akmal Yusupov, Bunyod Zoirjonov va Saidkomil Xo‘jayev kabi shogirdlari yaratgan ishlarini kuzatgan kishi ularning ustoz saboqlarini zehn bilan o‘zlashtirib, o‘ziga xos uslubga ega bo‘lib ulgurganini ilg‘ash mumkin”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazmadan yog‘ochdan yasalgan sakkiz qirrali xontaxta, olti gumbazli yirik hajmdagi lagan, shuningdek, “Bellashuv”, “Tanlov”, “Hayot zavqi” va “Beg‘ubor bolalik” kabi kompozitsion buyumlar o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 18:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют