» » Jeff Bezos bir kunda 1 milliard dollarga boyidi

Jeff Bezos bir kunda 1 milliard dollarga boyidi


Amazon kompaniyasining asoschisi Jeff Bezos bir kun ichida 1,15 milliard dollar ishlab oldi. Bunga kompaniya aksiyalarining qiymati birinchi marta 1,5 ming dollardan oshib ketgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Bloomberg Billionaires Index.

21-fevral hisobotlariga ko‘ra, Amazon aksiyalari bir foizga — 1482,92 dollargacha oshgan, qimmatli qog‘ozlarning maksimal narxi esa 1503 dollarni tashkil etgan. 2018-yilning boshidan buyon onlayn tarmoqning aksiyalari 26,5 foizga qimmatlashgan.

Boyligi 124 milliard dollarga yetgan Bezos Bloomberg Billionaires Index reytingida avvalgidek birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ikkinchi pog‘onani 91,6 milliard dollar bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts band etgan. Uchinchi o‘rindan esa 86,2 milliard dollar boylikka ega amerikalik investor Uorren Baffet joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют