» » Toshkent shahrida advokatlar haftaning bir kuni bepul huquqiy maslahat bermoqda

Toshkent shahrida advokatlar haftaning bir kuni bepul huquqiy maslahat bermoqda


Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik tuzilmalari tomonidan haftaning ma’lum kunida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ana shunday “Ochiq eshiklar kuni” poytaxtdagi “Himoya manbai” advokatlik hay’atida bo‘ldi. Aholiga buni bildirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar joylashtirilib, binoga “Har payshanba kuni soat 9 dan 18 gacha fuqarolarga bepul huquqiy maslahat beriladi” degan e’lon ilindi.

“Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar turli sohalar bo‘yicha, ayniqsa, uy-joy, yer ajratish, meros bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish yuzasidan murojaat qildi.

— Advokatlar palatasi tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”dan ko‘zlangan asosiy maqsad jismoniy va yuridik shaxslarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatib, ular duch kelayotgan muammolar yuzasidan tushuntirish berib borishdan iborat, – dedi “Himoya manbai” advokatlar hay’ati rahbari Shahzod Sharipov. — Bu loyiha asosida aholiga sifatli, tezkor yuridik va advokatlik xizmati ko‘rsatish ta’minlanadi. Fuqarolar nafaqat advokatdan huquqiy maslahat olishi, balki sud ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha advokatlar bilan shartnomalar tuzishi ham mumkin. Mahalla raislari aholining kam ta’minlangan qatlamlari orasida advokatlarga ehtiyoji borlarni yig‘ib, bizga murojaat qilsa, albatta, advokatlar borib mahallaning o‘zida xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют