» » O‘zbekistonda mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish 3 ish kunigacha qisqartirildi

O‘zbekistonda mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish 3 ish kunigacha qisqartirildi


Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. Karimov va soha mas’ullari islohotlarning yangi bosqichida tizimda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ta’kidlandiki, Prezident qarori bilan keltirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddati 3 ish kunigacha qisqartirildi. Shuningdek, mahsulotlarni sertifikatlashtirishdan ularni deklaratsiyalash yo‘li orqali muvofiqligini baholash tizimiga o‘tilmoqda.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yildagi sertifikatlashtirish jarayonida 141 milliard 547 million so‘mlik mahsulot yaroqsiz deb topilgan. Ularning asosiy qismini import mahsulotlari tashkil etgan va ichki bozorga kiritilishining oldi olingan.

O‘tgan yili sertifikatlashtirish idoralari tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya nazorati chog‘ida ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan 1815 muvofiqlik sertifikatida kamchiliklar aniqlanib, ularning amal qilish muddati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Joriy yilda agentlik tomonidan “Halol” standarti qabul qilindi. Aytish joizki, “Halol” standarti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq milliy akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan qo‘llaniladi.

Agentlik Toshkent shahri bozorlarida sotilayotgan bolalar o‘yinchoqlarini tekshirdi. Natijada 5 turdagi bolalar o‘yinchoqlari tashqi ko‘rinishi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy talablarga nomuvofiq deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют