» » “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzolandi

“Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzolandi


O‘zbekiston Prezidenti “Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Qaror loyiha ishlari sifati va ularni mahalliylashtirish darajasini oshirish, ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, “O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

loyihalash va loyihani boshqarish sohasida muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, chet el ta’lim muassasalaridan va injiniring kompaniyalaridan yetakchi mutaxassislar va muhandis-loyihalovchilarni o‘quv jarayoniga keng jalb etish;

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Navoiy davlat konchilik instituti talabalari iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlarida majburiy stajirovkadan o‘tish amaliyotini joriy etish, shuningdek, ularda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda loyiha ishlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda chet el injiniring kompaniyalari xizmatlari o‘rnini bosqichma-bosqich egallash;

mamlakatimiz muhandis-loyihalovchilarini va boshqa mutaxassislarni loyihalashning zamonaviy standartlariga amaliy o‘rgatish maqsadida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarida kontraktlar bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirayotgan chet el injiniring kompaniyalari tomonidan loyiha institutlarida loyiha guruhlari tashkil etilishini amaliyotga joriy qilish;

loyiha ishlarini sifatli bajarish uchun loyiha institutlarini zarur zamonaviy tashkiliy texnika va asbob-uskunalar, xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar, jahondagi ixtisoslashtirilgan nashrlar mahsulotlari, shuningdek, ilg‘or dasturiy mahsulotlar bilan jihozlash.

“O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida loyihalash ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, shuningdek, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari o‘rtasida yuqori malakali muhandis-loyihalovchilarni tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiluvchi organ hisoblanishi belgilab qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют