» » AQSh Asadga kuch ishlatish bilan tahdid qildi

AQSh Asadga kuch ishlatish bilan tahdid qildi


Vashington Suriyadagi nizoni harbiy yo‘l bilan hal qilishni istisno etmayapti va ushbu mamlakat kuchlariga zarbalar berish huquqini o‘zida qoldiryapti. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Harbiy yechim doim har qanday vaziyatga nisbatan ko‘rib chiqiladi”, — dedi Xeyli. Shu bilan birga, u AQSh “Suriya nizosining markazida bo‘lish”ni istamasligini, ammo kimyoviy qurol qo‘llanilayotgan suriyaliklarga yordam berish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishi kerakligini aytdi.

Xeyli AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining harbiy sohadagi ehtimoliy qadamlarini oshkor etmaslikka va’da berganini ma’lum qildi. Doimiy vakil fikricha, Suriya hukumati AQSh harbiy xususiyatga ega choralarni ko‘rishi mumkinligini baribir biladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют