» » Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan 10 yoshli Amirbek yaxshilardan najot kutmoqda

Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan 10 yoshli Amirbek yaxshilardan najot kutmoqda


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan 10 yoshli Amirbek Mansurov hozirda og‘ir betob. Qariyb uch oydan beri u leykoz deb ataluvchi og‘ir kasallik bilan kurashmoqda.

Inson o‘zi va yaqinlari hayotida ertaga nimalar yuz berishi mumkinligini oldindan ko‘ra olmaydi. Bir necha oylar avval Amirbek barcha tengdoshlari kabi maktabda o‘qiyotgan, kelajakda Jahon chempioni bo‘lish orzusi bilan sportning boks turi bilan shug‘ullanayotgan edi. Shunday kunlarning birida Amirbek va uning oilasining baxtli hayoti ostin-ustun bo‘lib ketdi.

O‘sha kuni Amirbek sport mashg‘ulotlaridan qaytayotgan edi. Yo‘lni kesib o‘tayotganida qo‘qqisdan kelib qolgan velosipedchi uni urib yubordi. Amirbek qattiq qo‘rqib ketdi. Hodisa oqibatida uning boshi yorildi. Hammasi aynan shu voqeadan so‘ng boshlandi. Avvaliga bolaga Gepatit A tashxisi qo‘yildi. Amirbek bir necha kun darslarga va sport musobaqalariga qatnasha olmadi. Gepatit muolajalari tugaganidan so‘ng, u yana darsga qatnay boshladi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, uning ahvoli yomonlashdi. Amirbek holsizlana boshladi, ishtahasi yo‘qoldi. Xavotirga tushgan ota-onasi uni zudlik bilan shifoxonaga olib bordi. Shifokorlar Amirbekda gemoglabin miqdori o‘ta kamayib ketganini ma’lum qildi. Bola reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Unga qon quyildi. Biroq ushbu muolaja ham Amirbekning oyoqqa turishiga yordam bermadi. Shifokorlar uning qonida oqqon tanachalarining ko‘payib ketganidan xavotirga tushib, bolani zudlik bilan Toshkent shahridagi gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutiga yubordi. Poytaxtdagi tibbiy muassasada ham qo‘rqinchli tashxis o‘z tasdig‘ini topdi: O‘tkir leykoz, faol davri, limfoblast turi.

Shundan buyon tengdoshlari qatori ta’lim oladigan, o‘ynab-kuladigan yoshdagi Amirbek to‘shakka mixlangan. U kunning aksariyat qismini tomchi dori ostida, shiftga termulib o‘tkazadi.

Buning ustiga Amirbekning onasi Nodira Mardonova ham saratonga chalingan. Hozirda oila Toshkent shahrida ijara uyda yashaydi. Oila boshlig‘i rafiqasi va o‘g‘lining davolanish xarajatlaridan tashqari har oy ijara uchun 150 AQSh dollari to‘laydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘lining dori-darmonlariga pul topa olmay, uzog‘ini yaqin qilayotgan, oila tebratishida asqotayotgan mashinasini ham sotib yuborgan. U yaqin kunlarda xorijiy davlatlardan biriga ishlash uchun ketishni rejalashtirmoqda.

Shifokorlar Amirbek yana ikki yil davomida davolanishi zarurligini ma’lum qilgan. Buning uchun esa katta mablag‘ talab etiladi. Masalan, unga yozib berilgan birgina Asparginaza preparati 1 million 700 so‘m turadi. Amirbekka ushbu ukoldan 18 ta qilinishi kerak.

Bir olam orzular bilan hayot uchun kurashayotgan Amirbekdan yordamingizni ayamang! Unga imkon qadar yordam beraylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Xalq banki G‘ijduvon filiali rekzvizitlari:

INN: 201 148 244

23120000300000666100

Plastik karta raqami (Click, Payme) 8600 0609 8163 7128 Karta Amirbekning onasi Nodira Mardonova nomiga ochilgan.

Onasining telefon raqami: +998905131994



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют