» » Buxoroda qaynotasining 600 dollarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga olindi

Buxoroda qaynotasining 600 dollarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga olindi


Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limiga Yangi turmush mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi mehnat faxriysi “temir sandig‘imdan 600 dollar miqdoridagi pulimni o‘g‘irlab ketishdi” deya murojaat qilgan, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.

Ichki ishlar xodimlarining aniqlashicha, o‘g‘ri shu xonadonda yashovchi, jabrdiydaning kelini M.S. bo‘lib chiqqan. U qaynotasining uyda yo‘qligidan foydalanib, ochiq holda qolgan sandiqdan pullarni yashirincha o‘margan.

Shuningdek, mazkur tuman Ichki ishlar bo‘limiga Novmetan mahallasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z uyidan onasiga tegishli 7 million 700 ming so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Surishtiruv ishlaridan so‘ng, taqinchoqlarni A.A.ning turmush o‘rtog‘i sodir etganligi aniqlandi.

O‘g‘irlik sodir etgan kelinlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют