» » Oliy Majlis va Koreya milliy assambleyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Oliy Majlis va Koreya milliy assambleyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Koreya milliy assambleyasi spikeri Chon Se Gyun “Oliy Majlis va Koreya milliy assambleyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashinuv memorandumi”ni imzoladi. Bu haqda qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar mazkur memorandum nafaqat ikki mamlakat parlamentini, balki har ikki davlatlarni yanada bir-biriga yaqinlashtirishini ta’kidladi.

21-fevral kuni Koreya milliy assambleyasi majlislar zalida ikki davlat parlamenti vakillari o‘rtasida samarali muloqot bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida to‘xtaldi.

Uchrashuvda hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalarni bajarishda zarur vositalarni ishga solish yuzasidan fikr almashildi.

Nurdinjon Ismoilov tashrif davomida qator shifoxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va kelgusida ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

Memorandum ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, savdo, investitsiya masalalarini qamrab olgan va unda ikki tomonloma tajriba almashish, parlamentda “aqlli axborot kommunikatsiya texnologiyalari”ni joriy etish kabi qator masalalar nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют