» » Turkiyalik harbiylar sutka ichida Suriyada 44 terrorchini yo‘q qildi

Turkiyalik harbiylar sutka ichida Suriyada 44 terrorchini yo‘q qildi


Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 23-fevral kuni Suriyaning Afrin mintaqasidagi “Zaytun novdasi” operatsiyasi davomida yana 44 nafar terrorchi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Harbiy boshqarma bayonotiga ko‘ra, o‘ldirilgan terrorchilarning umumiy soni 1 873 nafarga yetgan.

“Qurolli kuchlar Afrinda ‘Zaytun novdasi’ operatsiyasi doirasida ‘Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari’, Kurdiston ishchi partiyasi, ‘Demokratik ittifoq’ partiyasi va IShID ekstremistik guruhi otryadlaridan 1 873 nafar terrorchini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют