» » Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga 74 davlatdan kuzatuvchilar taklif etildi

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga 74 davlatdan kuzatuvchilar taklif etildi


Rossiyada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida parlament yo‘nalishida 250 ga yaqin xorijiy kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Davlat dumasi saylovlarga 74 mamlakatdan 243 nafar kuzatuvchini taklif etmoqda. Ulardan 23 nafari Yevroparlament deputati, 107 nafari milliy parlamentlar deputat va senatori, 9 nafari vazir va shahar meridan iborat”, — dedi Sluskiy.

AQSH diplomatlariga saylovni kuzatish man etildi. Mazkur qaror AQSHda 2016-yili bo‘lib o‘tgan saylovda Rossiya diplomatik vakolatxonlari xodimlari bunday imkoniyatdan mahrum etilgani bilan izohlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют