» » O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi qator o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi

O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi qator o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi


O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Qaror bilan Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchturgan, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg‘ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo‘l o‘tkazish punktining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududida chegara posti tashkil etiladi.

O‘tkazish punktlariga tutash avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy standartlarga mos infratuzilmani tashkil etish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilanmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga 2018-yil 1-martgacha O‘zbekiston hududi doirasida G‘alaba — Xoshadiy temir yo‘l uchastkasi rekonstruksiya qilinishini ta’minlash va o‘tkazish punktida zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют