» » Qoraqalpog‘istonlik 3-sinf o‘quvchisi multfilm yaratdi

Qoraqalpog‘istonlik 3-sinf o‘quvchisi multfilm yaratdi


Mo‘ynoq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tumandagi 1-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchisi, “Kompyuter grafikasi” to‘garagi a’zosi Allayar Qalbayev o‘quv yili davomida iqtidorli bolalar qatorida “Bolalar texnikaviy ijodkorligi” festivalining tuman, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston bosqichlarida kino-video havaskorlik yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.

— Ko‘rik-tanlovda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib tayyorlagan “Mening uyim” multfilmim va tumandagi o‘zgarishlar aks etgan “Bugungi Mo‘ynoq” videoroligi bilan ishtirok etdim, — deydi 3-sinf o‘quvchisi Allayar Qalbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют