» » Jizzaxning Manas qishlog‘ida 20 yildan so‘ng ko‘cha chiroqlari yondi

Jizzaxning Manas qishlog‘ida 20 yildan so‘ng ko‘cha chiroqlari yondi


Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanining Manas qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlangani bildirilgandi. Bugun hududda katta hashar avj pallaga kirdi, deb xabar berdi O‘zA.

Ushbu xayrli ish boshlagandan buyon “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloqning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 8 transformator punkti, 218 temir-beton ustunlar, 40 traverslar, 1 tonna AS-50 rusumli, 18,2 kilometr SIP rusumli uzatish simlari olib kelindi.

Hozirgacha 129 temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 7,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i tortildi. 4 transformator punkti o‘rnatildi, 95 temir-beton tayanch mukammal ta’mirlandi.

Keyingi yigirma yildan so‘ng qishloqning markaziy ko‘chalaridan biri — “Kumushkent”ga 28 ko‘cha chirog‘i o‘rnatildi.

Qishloqni obodonlashtirish ishlarida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining 150 ishchi-mutaxassisi, 15 maxsus texnika ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют