» » Onkologiya va radiologiya markazi Samarqand filiali mutaxassislari Jomboyda tibbiy ko‘rik o‘tkazdi

Onkologiya va radiologiya markazi Samarqand filiali mutaxassislari Jomboyda tibbiy ko‘rik o‘tkazdi


Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Jomboy tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Filialning 30 ga yaqin oliy toifali shifokori uch guruhga bo‘lingan holda tuman markaziy poliklinikasi, qishloq oilaviy poliklinikalarida muqaddam o‘simtali xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Aholi xonadonlariga kirib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.

— Joylarda tashkil etilayotgan ko‘riklar davomida aniqlanayotgan onkologik xastaliklarning aksariyati ayollar ko‘krak bez saratoni bilan bog‘liq, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori, professor M. Jo‘rayev. — Afsuski, bu xastalik boshlang‘ich davrda aniqlansagina, davolash imkoni bo‘ladi. Ko‘rik davomida mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, suhbatlarda bu aholiga tushuntirilmoqda.

Ko‘rik davomida saraton xastaligi gumon qilingan fuqarolardan tibbiy tahlil uchun namunalar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi. 300 dan ortiq fuqaro ko‘rikdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют