» » Ramzan Qodirov Stalinni qarg‘adi

Ramzan Qodirov Stalinni qarg‘adi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 1944-yilda chechin va ingushi xalqining deportatsiya qilinganini yodga oldi va Iosif Stalinni zolim deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, chechin xalqi boshidan o‘tkazgan ko‘plab qayg‘uli hodisalar va urushlarga qaramasdan, Stalin bu xalqni vatanidan mahrum qilib, unga eng katta zararni keltirgan.

Qodirovning qayd etishicha, bu repressiyalar vaqtida ko‘plab odamlar ochlik va kasallikdan vafot etgan, boshqalari esa chin e’tiqod tufayli yashab qolgan.

Stalinning buyrug‘iga binoan, 1944-yilning 23-fevralida chechin va ingushi xalqlari O‘rta Osiya va Sibirga surgun qilingan, Chechin-Ingushiya avtonomiyasi esa tugatilgan. Ikki xalq surgunda 13 yilni o‘tkazgan va 1957-yil 9-yanvarda Xrushevning farmoni bilan ularning avtonomiyasi qayta tiklangach, uylariga qayta boshlagan, “maxsus ko‘chirilganlar”ning ko‘chishiga qo‘yilgan taqiq esa olib tashlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют