» » Stiv Jobsning grammatik xatolarga to‘la rezyumesi auksionda sotuvga qo‘yiladi

Stiv Jobsning grammatik xatolarga to‘la rezyumesi auksionda sotuvga qo‘yiladi


Bostondagi auksionda Stiv Jobs tomonidan 1973-yilda ishga qabul qilish to‘g‘risida yozgan arizasi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda The Guardian nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Apple asoschisi mazkur hujjatni 18 yoshida to‘ldirgan. Rezyumeda Jobs qaysi lavozimga nomzodlik qilgani ko‘rsatilmagan. U hujjatga o‘zining haydovchilik guvohnomasi borligini, biroq telefoni yo‘qligini qayd etgan.

Hujjat matnida bir nechta grammatik va punktuatsion xatolari mavjud. Masalan, Jobs o‘zining familiyasini kichik harflar bilan yozgan.

Shuningdek, auksionda Mac OS X operatsion tizimining texnik qo‘llanmasi va Jobsning “Yangi iPhone 199 dollardan sotiladi” sarlavhali maqolasi (unda marhumning dastxati ham bor) chiqqan gazeta ham sotuvga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют