» » Florida gubernatori ruhiy kasalligi bor odamlarga qurol sotishni cheklash taklifini bildirdi

Florida gubernatori ruhiy kasalligi bor odamlarga qurol sotishni cheklash taklifini bildirdi


Florida gubernatori Rik Skott Parklend shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng, shtat qonun chiqaruvchilarini o‘smirlar va ruhiy kasalligi bo‘lgan odamlarga qurol sotish qonunini kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Skottning ma’lum qilishicha, u qonun chiqaruvchi organlaridan qurol sotib olish mumkin bo‘lgan yoshni 18 dan 21 yoshga qadar uzaytirishni talab qiladi. Mazkur qoida armiya yoki huquq-tartibot organlarida xizmat qiladigan yosh yigitlarga nisbatan istisno tarzida qo‘llaniladi. Shuningdek, gubernator ruhiy kasallikdan aziyat chekuvchilarga ham qurol sotish tartibini kuchaytirishni taklif qildi.

Bundan oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga qurol sotmaslikni, shuningdek, o‘qituvchilarni qurol bilan ta’minlash lozimligi borasida o‘z fikrlarini bayon etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Parklend shahridagi (Florida shtati) Marjory Stoneman Douglas maktabida 19 yoshli Nikolas Kruz tomonidan amalga oshirilgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir: AQSh aholisi Florida maktabidagi otishmadan so‘ng politsiyaga qurolini topshirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют