» » Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilarining hujumi oqibatida 20 nafar askar halok bo‘ldi

Afg‘onistonda “Tolibon” jangarilarining hujumi oqibatida 20 nafar askar halok bo‘ldi


Afg‘oniston g‘arbidagi Farax viloyatida joylashgan harbiy bazaga “Tolibon” jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 20 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali viloyat kengashi vakiliga tayanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Hujum 24-fevral, shanba kuni soat 02:00 da Bala Boluk tumanida amalga oshirilgan. Hujum oqibatida 20 nafar askar o‘ldirilgan, yana ikki nafari asirga tushgan. Bundan tashqari, jangarilar katta miqdordagi qurol-yarog‘ni ham qo‘lga kiritgan.

Kengash vakilining so‘zlariga ko‘ra, harbiylar 12 nafar jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют