» » O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqmoqda

O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqmoqda


O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Spot.uz”.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, muzokalar davomida tomonlar atom energetikasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqqan.

“Bugungi kunda tomonlar 2018-yilga mo‘ljallangan tinchlik maqsadlarida yadro energetikasidan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun harakatlar rejasini (yo‘l xaritasi) tayyorlamoqda”, — dedi Abdulaziz Komilov.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning dekabrida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari Toshkentda atom energiyasidan tinch yo‘lda foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.

Ushbu kelishuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida O‘zbekistonda atom energetika uchun kadrlar tayyorlash va milliy infrastrukturani takomillashtirish, mamlakatda atom elektr stansiyasi va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek, uran konlari razvedkasi va ularga ishlov berilishi, ularning hayotiy silsilasini qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют