» » Sport-TV Superliganing 1-turini to‘liq namoyish qiladi. “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yin Xayrulla Hamidov chekiga tushdi

Sport-TV Superliganing 1-turini to‘liq namoyish qiladi. “Paxtakor” ishtirokidagi o‘yin Xayrulla Hamidov chekiga tushdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turidan joy olgan barcha bellashuv Sport-TV kanali orqali jonli namoyish qilinadi. Bunaqasi O‘zbekiston futboli tarixida bo‘lmagandi.

Telekanal Superliga uchrashuvlarini namoyish etish bo‘yicha PFL bilan kelishuvga erishdi. Keyinroq esa axborot hamkori sifatida “Championat.asia” nashrini afzal bildi. Bugun — 24-fevral kuni ular 1-tur bellashuvlarini sharhlab boruvchi sharhlovchilar nomiga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra, “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi bellashuv Xayrulla Hamidovning chekiga teshdi. Farrux Rasulov esa ilk turda hammadan ko‘proq ishlaydi. U avvaliga Navoiydagi “Qizilqum” — “Lokomotiv” bellashuvini sharhlaydi. 3-mart kuni esa Buxoroga o‘tib, mezbonlarning “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi uchrashuvida ishlaydi.

O‘zbekiston Superligasi

1-tur bellashuvlari

1-mart, payshanba

“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 18:00 (Farrux Rasulov)

“Neftchi” — “Nasaf” — 20:00 (Murod Rizayev)

2-mart, juma

“Metallurg” — “Navbahor” — 18:00 (Dilshod To‘xtabekov)

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” — 20:00 (Xayrulla Hamidov)

3-mart, shanba

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” — 17:30 (Farrux Rasulov)

“Bunyodkor” — “AGMK” — 20:00 (Zafar Qosimov)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют