» » Namanganda mast holatda quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Namanganda mast holatda quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi


Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro Namangan shahridagi Murabbiy ko‘chasida quduq ichida odam yotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat FVB axborot-tahlil xizmati xabar berdi.

Boshqarma bo‘yicha mas’ul navbatchi mayor D.Sottiqulov boshchiligida 4 nafar qutqaruvchi belgilangan manzilga yetib bordi.

Voqea joyidagi vaziyat o‘rganilganda ko‘chada qurilish ishlari olib borilayotganligi, quduq ichida chindan ham noma’lum shaxs borligi ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida mast holatda bu yerga tushib ketgan fuqaro chiqarib olindi.

Unga birinchi yordam ko‘rsatilib, oila a’zolariga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют