» » Foto: “To‘xtash taqiqlangan” shahardan “To‘xtab turish taqiqlangan” shaharga aylanayotgan Toshkent

Foto: “To‘xtash taqiqlangan” shahardan “To‘xtab turish taqiqlangan” shaharga aylanayotgan Toshkent


Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan shahar ko‘cha va yo‘llaridagi 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) va 3.28 (“To‘xtab turish taqiqlangan”) yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, xatlov jarayonida bu yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasiga, shuningdek, ularning ko‘cha va yo‘llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.

Xatlov natijalariga ko‘ra o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgilari olib tashlanib, 3.28 (“To‘xtab turish taqiqlangan”) yo‘l belgilariga almashtirilmoqda.

“Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini yaratadi”, — deyiladi IIBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют