» » “Bunyodkor” stadioni oldida qurilayotgan ko‘prik 2018-yilning may oyida ochiladi

“Bunyodkor” stadioni oldida qurilayotgan ko‘prik 2018-yilning may oyida ochiladi


Toshkentning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan, umumiy uzunligi 667,5 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich 2018-yil may oyida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bunyodkor shoh ko‘chasi Toshkent shahrining eng uzun, janubiy va shimoliy qismlarini bog‘laydi. Mazkur yo‘nalishda doim avtomobillar qatnovi tirband. Magistralda jami 9 ta yo‘l o‘tkazgich mavjud bo‘lib, may oyida ularning soni yana bittaga ko‘payadi.

“Boshtransloyiha” mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, bunyod etilayotgan inshoot 6 ta yo‘lakdan iborat. Zamonaviy yo‘l o‘tkazgich estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metrni tashkil etadi.

Yirik inshoot jami 23 ta ustun oralig‘ida barpo etiladi. Umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi. Yangi bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozalariga mos ravishda barpo etiladi.

Hozirgi kunda 10 ta tayanch ustunining poydevor ishlari tugatildi. Ayni paytda ustki karkas o‘rnatish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar bu yerda 2 625 kub metr tuproq, 12 070 kub metr beton ishlari bajarildi. Qurilishga 30 dan ortiq texnika, 250 nafarga yaqin muhandis va ishchi jalb etilgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, joriy yilda “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan 7 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan. Dastlabki bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют