» » Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Ortiqbek Yusupov ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Ortiqbek Yusupov ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va uning o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi. Bu haqda, qo‘mita matbuot xizmati rahbari Bobur Usmonovga asoslanib, “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Uning bildirishicha, qo‘mita rahbarlarining ishdan olingani haqidagi xabarlar asossiz. Ayni paytda bu borada hech qanday rasmiy hujjat yo‘q.

“Bizga ham Facebook’da shunday mazmundagi ma’lumotlar tarqalgani haqida xabarlar yetib kelgan. Biroq ularning barchasi asossiz. Qo‘mita raisi ham, uning o‘rinbosari ham o‘z faoliyatlarini doimgiday davom ettirmoqda” — dedi qo‘mita matbuot xizmati rahbari.

Bobur Usmonovning qo‘shimcha qilishicha, agar qo‘mita rahbariyatida o‘zgarish bo‘lsa, bu haqda idora saytida rasman axborot beriladi.

Ma’lumot uchun, 58 yoshli Ortiqbek Yusupov 2003-yildan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada faoliyat yuritib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют