» » O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Qahramon Yo‘ldoshev O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida ish boshladi. “Kun.uz” xabariga ko‘ra, bu haqdagi tegishli qaror Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

“Xabar.uz”ning aniqlik kiritishicha, Yo‘ldoshev bungacha Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Qahramon Yo‘ldoshev 1972-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007-yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Telekommunikatsiyalar korxonalarida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. 2010-yildan “O‘zbektelekom” bosh direktori o‘rinbosari, keyinchalik bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi farmoni bilan Azim Ahmadxo‘jayev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. Bungacha vazirlikni boshqargan Sherzod Shermatov Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют