» » O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?

O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?


Ushbu savol bilan Potrebitel.uz axborot resursi keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

So‘rovda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi,  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,  Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zstandart” agentliklaridan birini belgilash imkoniyati berildi.

So‘rov bir yil davomida o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra ovoz eng ko‘p ovozni 56,6 foiz natija bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa 28,3 foiz natija bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi 10,4 foiz ovoz bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni 4,7 foiz ovoz bilan  Sog‘liqni saqlash vazirligi egalladi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatiga berilgan tabiiy bahodir. O‘tgan yili fuqarolar tomonidan Federatsiyaga      14 mingta shikoyat arizasi kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 4,4 milliard so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют