» » Bekobodlik ikki fuqaro 117 ta 50 ming so‘mlik qalbaki kupyura yasadi

Bekobodlik ikki fuqaro 117 ta 50 ming so‘mlik qalbaki kupyura yasadi


22-fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekobod mahallasida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan X.Uning uyida o‘zining jinoiy sheriklari, Yangihayot mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan 1990-yilda tug‘ilgan S.M va Yangihayot mahallasida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan D.Tlar qalbaki pul yasash maqsadida rangli printer va kompyuter jamlanmasini sotib olib, ushbu printer yordamida kelgusida o‘tkazish maqsadida, 50 000 so‘mlik kupyuradan kseronusxa ko‘chirish yo‘li bilan jami bo‘lib 117 dona – 5 850 000 so‘m qalbaki pul mablag‘larini yasab, shu qalbaki pullarni kelgusida o‘tkazish uchun saqlab kelayotgani aniqlandi. Daliliy ashyolar sifatida printer va 5 500 000 so‘m pullar olingan.

Tadbir davomida S.M 21-fevral kuni Bekobod tumani Yangihayot mahallasida joylashgan Sh.Tga tegishli do‘kondan bir shisha vino xarid qilib, xarid qilingan mahsulot uchun bir dona 50 000 so‘m qalbaki puldan foydalanganligi, bundan tashqari, shu kuni X.U O‘zbekobod mahallasida yashovchi F.Xga ikki dona 50 000 so‘m qalbaki pullarni qarz uchun berganligi va to‘rt dona 50 000 so‘m qalbaki pullarni D.T yoqib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatbaho qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют